Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tomonidan joriy yil 7 may kuni Bo’ka qurilish va servis kasb-hunar kollejida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob mutolaa madaniyatini oshirish xamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo’yicha 5 ta muhim tashabbusi ijrosini ta’minlashga qaratilgan “Qisqa muddatli kurslarda band bo’lmagan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash” mavzusidagi viloyat amaliy seminari tashkil etildi.
Amaliy seminar davomida tumandagi kasb-xunar kollejlari tomonidan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan;
— birinchi tashabbus bo’yicha: “San’at- ezgulik elchisi” shiori ostida iste’dodli va iqtidorli yoshlarning kompozision chiqishilari, ikkinchi tashabbus bo’yicha: o’quvchilarning qiziqishlariga qarab yangi tashkil etilgan “Yosh sportchi” to’garagi a’zolarining chiqishilari, uchinchi tashabbus bo’yicha : “WEB blogger” to’garak a’zolarining “IT — mening hayotimdagi o’rni” mavzusida kompyuter savodxonligi bo’yicha bellashuv, to’rtinchi tashabbus bo’yicha: “O’qilgan kitob – boylik ” mavzusida vatanparvarlik dekadasi doirasida Vatan, Ona haqidagi she’rlarni yod olish tanlovi va “O’tkan kunlar” romani va “Temur tuzuklari” asarini taqdimoti, beshinchi tashabbus bo’yicha: “Vatanim koriga yarasam deyman” shiori ostida qisqa muddatli kurslarda band bo’lmagan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash moduli bo’yicha olib borilayotgan ishlar namoyish etildi.
Seminar davomida 5 ta muxim tashabbus bo’yicha Bo’ka tumanidagi kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining ijodiy ishlari ko’rgazmasi o’tkazildi va “Kitob aksiyasi” tashkil etildi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstrasiyasi sho’ba mudiri, tarix fanlari doktori, professor A.Mavrulov, Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’i v.v.b A.Zakirov, boshqarma mas’ul xodimlari, ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari, ARM rahbarlari va to’garak rahbarlari hamda o’quvchilar ishtirok etdi.
Домой / Без рубрики / “Qisqa muddatli kurslarda band bo’lmagan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash” mavzusidagi viloyat amaliy seminari tashkil etildi.