YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi raisi etib saylandi

Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi raisi etib saylandi

Toshkent shahrida Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiyada Assotsiatsiya raisi etib Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov saylandi.

Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi 2018-yilda tashkil etilgan boʻlib, uning asosiy maqsadi — talabalar, oʻqituvchilar va oliygoh xodimlari oʻrtasida sportni ommalashtirish, yuksak mahoratli sportchilar zaxirasini shakllantirish va sport infratuzilmasini takomillashtirishdan iborat.

 

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/46733