YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Qonunchilikdagi yangiliklar

Qonunchilikdagi yangiliklar

Qonunchilikdagi yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-158-son Farmonga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab texnikumlarga:

➖ta’lim dasturlari doirasida ishlab chiqilgan ishchi o‘quv rejasi va dasturlarini qayta ko‘rib chiqishga, shu jumladan, buyurtmachilarning takliflariga muvofiq fanlarni bir-biriga integratsiya qilishga hamda ajratilgan soatlar doirasida mutaxassislik va umumkasbiy fan (modul)larning soatlarini 30 foizgacha o‘zgartirishga;

➖Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlari ishtirokida to‘lov-kontrakt asosidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy qilishga;

➖mahalliy va xorijiy ish beruvchilar bilan to‘lov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlash va qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga, ushbu dastur va kurslarning ta’lim tili va o‘qitish qiymatini mustaqil belgilashga;

➖bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan turli yoshdagi fuqarolar va ishsizlarni kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil qilishga;

➖kasbiy ko‘nikmalar markazlaridan amaliyot bazalari sifatida bepul foydalanishga ruxsat beriladi.