29-mart kuni Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tuman 1-son kasb-hunar maktabida «Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!» shiori ostida tadbir o’tkazildi.
Tadbirda referendum tushunchasining mazmun mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiya O’zbekiston jamiyatining rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat ekanligi haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Tadbirda Oqqo’rg’on tuman Adliya bo’limi mutaxasssislari V.Farmonqulov, A.Boboyorovlar ishtirok etdi. Tadbir davomida o’qituvchilarning savollariga mutahassislar tomonidan javob berildi.