28-mart kuni Toshkent viloyati Angren pedagogika kollejida «Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!» shiori ostida hamda «Referendum va yoshlar» mavzusida tadbir o’tkazildi.
Tadbirda referendum tushunchasining mazmun mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiya O’zbekiston jamiyatining rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat ekanligi haqida tushuntirishlar berildi.
Tadbirda Angren shahar Adliya bo’limi boshlig’i Qalandarov O.R, Bosh yurist konsulti Xusanov R.X, o’qituvchi va o’quvchi yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida o’quvchi yoshlarning savollariga mutahasislar tomonidan javob berildi.
O’quvchilar tomonidan raqs va qo’shiqlar ijro etilib, tadbir ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.