Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009 yil 1 maydagi 18 Q/Q, 20, 13/QQ-son qarori bilan tasdiqlangan “Akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o’quvchilarining umumta’lim fanlari bo’yicha Respublika olimpiadalarini o’tkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to’g’risida” gi NIZOM va boshqarmaning 2018 yil 30 oktyabrdagi 370-sonli buyrug’iga asosan Toshkent viloyati kasb hunar ta’limi boshqarmasi tassarufidagi ta’lim muassasalarida Respublika fan olimpiadasining 1-bosqichi o’tkazildi, hamda 14 ta umumta’lim fanlaridan jami 1464 nafar o’quvchilar 76 va undan yuqori ball to’plab faxrli o’rinlarni egallab 2-bosqichga yo’llanma oldi.
Shuningdek, Boshqarmaning 2018 yil 18 dekabrdagi 390-sonli buyrug’iga asosan joriy yilning 7-8-yanvar kunlari hududlarda Respublika fan olimpiadasining 2-bosqichi o’tkazildi.
Respublika fan olimpiadasining II-bosqichini o’tkazish uchun Boshqarmaning mas’ul xodimlari ishtirokida 2019 yilning 5 yanvar kuni Boshqarma boshlig’i A.Xaldarbekov boshchiligida 6 ta hududga olimpiada o’tkazish uchun mas’ul etib tayinlangan xodimlar ishtirokida amaliy seminar-trening tashkil etildi.
Olimpiadani o’tkazish bo’yicha Tashkiliy qo’mita a’zolari va auditoriya rahbarlari, nazoratchilari ishtirokida olimpiada o’tkaziladigan auditoriyalar, ularning tayyorgarlik holati, olimpiada materiallarini ko’paytirish va tarqatish bo’yicha orgtexnika vositalari bilan to’liq ta’minlanganligi, etarli miqdorda kanselyariya tovarlarining mavjudligini umumiy nazorat qilib bordilar.
Respublika fan olimpiadasining II-bosqichi o’tkaziladigan har bir hududda Olimpiadaning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi va yuqori saviyada tashkil etildi.
Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi tasarrufidagi barcha ta’lim muasasalaridan dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 1428 nafar, shundan 3 kursdan 948 nafar, 2 kursdan 480 nafar o’quvchilar 14 ta fan bo’yicha Respublika fan olimpiadasining II-bosqichida ishtirok etdilar va III-bosqichga 14 ta fandan jami 165 nafar, shundan 46nafar 2-kurs, 119 nafar 3-kurs o’quvchilari yo’llanmani qo’lga kiritdilar.