Joriy yilning 28-sentyabr kuni Chinoz agrosanoat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji sport maydonlarida Toshkent viloyati kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan o’quvchi-qizlar o’rtasida voleybol, shaxmat, stol tennisi va badminton bo’yicha “Sport – nafosat ramzi” shiori ostida spartakiada bo’lib o’tdi.
Maqsad kasb-hunar ta’limi muassasalarida tahsil olayotgan o’quvchi-qizlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish orqali ommaviylikni ta’minlash, yod g’oyalar, xuquqbuzarlik, jinoyatchilik ta’sirlariga tushib qolishning oldini olish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishdir.
Toshkent viloyati hokimligi, viloyat kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, O’zbekiston Talabalar sporti assosiasiyasining Toshkent viloyati mintaqaviy bo’limi hamda O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi bilan hamkorlikda tashkil etgan spartakiada bahslarida viloyatda to’rtta sport turi bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritgan 105 nafar o’quvchi-qizlar o’zaro kuch sinashdi.
Yakuniy natijalariga ko’ra, badminton bo’yicha birinchi o’rinni angrenlik Zuhra Qaxxarova qo’lga kiritdi. Stol tennisi bahslarida Olmaliq shahri vakili Navbahor Matkarimova g’oliblikni tantana qildi. Voleybol musobaqasida ham Olmaliq terma jamoasi barcha jamoalarga nisbatan kuchli ekanligini isbotlab, birinchi o’rin sohibalari bo’lishdi. Shaxmat bahslarida chirchiqlik iste’dodli shaxmatchi Shaxzoda Shermuhammedovaga teng keladigani topilmadi.
G’olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
manba: www.sport.uz