Talabalarni yashash sharoiti yaxshilanmoqda
2024-yil 26-avgust kuni Chirchiq davlat pedogogika universitetida 700 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.
Talabalar turar joyining ochlish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari S.Buzrukxonov, Toshkent viloyati hokimi o’rinbosari O.Sultonbekov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova hamda universitet rektori G.Muxamedov ishtirok etdilar.
Tadbir davomida mehmonlar unversitetdagi talabalar uchun yaratilgan qulayliklar hamda bunyodkorlik ishlari bilan tanishtilar.