YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / TDAU va Milliy bank hamkorligida “Kelajakka qadam” markazi tashkil etildi

TDAU va Milliy bank hamkorligida “Kelajakka qadam” markazi tashkil etildi

                 TDAU va Milliy bank hamkorligida  “Kelajakka qadam”                        markazi tashkil etildi

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida “Kelajakka qadam” markazi ish boshladi.

Mazkur markaz orqali bitiruvchi talabalar o‘z biznes g‘oyalarini shakllantirish, uni puxta loyihalash va qulay moliyaviy shartlar asosida amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu yo‘lda ularga “O‘zmilliybank” AJ tomonidan to‘liq maslahat va moliyaviy ko‘mak ko‘rsatiladi.

Markazda tadbirkorlik, moliya, agrotexnologiya, raqamli iqtisodiyot va boshqa yo‘nalishlarda seminar, trening va mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.