O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 8 aprel kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai bo‘lgan tomorqachilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda davlatimiz rahbari O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ichki talabni to‘liq ta’minlash, aholi daromadlari va farovonligini oshirish uchun katta rezerv va imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.
Buning uchun aholi ham tomorqasida bahorgi ekish ishlarini davom ettirishi kerak. Aks holda ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash qiyin bo‘lishi hammaga ayon, deydi Prezident.
Yurtimizda “Oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash” bo‘yicha olib borilayotgan sa’yi xarakatlardan o‘quvchi yoshlar xam chetda qolayotganlari yo‘q.
Toshkent viloyati kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari masofaviy darslardan bo‘sh vaqtlarida o‘zlarining tomorqalarida baxorgi ishlarini olib borilishida kattalarga yaqindan yordam bermoqdalar.
Fotolavxada: Chirchiq tibbiyot kolleji o‘quvchilari o‘zlarining tomorqalarida mehnat qilmoqdalar.