YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent davlat agrar universiteti talabalari uchun texnotur tashkil etildi

Toshkent davlat agrar universiteti talabalari uchun texnotur tashkil etildi

Toshkent davlat agrar universiteti talabalari uchun Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Innovatsion rivojlanish sho‘basi tomonidan innovatsion hududga aylanayotgan Chirchiq shahridagi yirik ishlab chiqarish korxonalariga texnotur tashkil etildi.

Texnoturdan maqsad — talabalarda intellektual salohiyatni oshirish, sanoat korxonalarda qo‘llanilayotgan ilg‘or innovatsion texnologiyalar bilan tanishtirish hamda oliy ta’lim muassasasi va tarmoq korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Talabalar Chirchiq kimyo industrial texnoparkiga xorijiy investitsiya mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bilan tanishdi.

Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati Chirchiq kimyo industrial texnoparkidagi sanoat korxonalari bilan ishlab chiqarish jarayondagi muammolarini ilmiy yechimini ta’minlashda, ilmiy tadqiqotlarni olib borish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.