Toshkent tumani 2-son politexnikumida Sharqona yangi yil – Navro‘z bayrami munosabati bilan katta tantanali tadbir o‘tkazildi.
Tadbir politexnikum hududida ko‘tarinki ruhda, milliy urf-odatlar va an’analar asosida tashkil etildi.
Bayramga texnikum o‘qituvchilari, mehmonlar va ota-onalar taklif qilindi. Shundan so‘ng, texnikum o’quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar – milliy qo‘shiqlar, raqslar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Kutubxona kitoblaridan ko’rgazmalar tashkil etilidi.
O’quvchilar tomonidan tayyorlangan ,,Osh musobaqalari» tashkillashtirildi va o’rinlar belgilandi.
Bayram tadbirida turli milliy taomlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, sumalak, halim, osh kabi taomlar mehmonlarga tortiq qilindi.
Ushbu tadbir orqali texnikum jamoasi o‘zbek xalqining boy madaniy merosini, qadriyatlarini e’zozlash, yoshlarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va birlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Bayram ko’tarinki ruhda o’tqazildi.