YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati Angren shahri A’zam Ismailov va Gulnora Ismoilovalar oilasi «ENG IBRATLI INNOVASION, ZAMONAVIY OILA»-1 o’rin g’oliblariga aylandilar.

Toshkent viloyati Angren shahri A’zam Ismailov va Gulnora Ismoilovalar oilasi «ENG IBRATLI INNOVASION, ZAMONAVIY OILA»-1 o’rin g’oliblariga aylandilar.

Joriy yilning 22-noyabr kuni “Ibratli oila”-2019 ko’rik-tanlovining 1,2,3-o’rin sohiblari aniqlandi.
Ko’rik-tanlovning asosiy maqsadi – oilani mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarini asrab-avaylash va rivojlantirish, namunali oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, xotin-qizlarning jamiyatdagi o’rnini oshirish, “Sog’lom oila – sog’lom jamiyat” konseptual g’oyasini hayotga tatbiq etishdir.
Tanlovning Respublika bosqichiga hududlardan 14 ta oilaning hujjatlari taqdim etildi. Yakunlovchi bosqichda hududlardan kelgan oilalardan:
Toshkent shahar Shoyxontoxur tumani Akmal Isakovich va Matluba Ismoilovna Rajabovalarni oilasi «ENG IBRATLI MA’NAVIYATI YUKSAK OILA» -3 o’rin;
Samarqand viloyati Pastdarg’om tumani Xusniddin Normatov va Abad Tadjievalar oilasi «ENG IBRATLI TADBIRKOR OILA» — 2 o’rin;
Toshkent viloyati Angren shahri A’zam Ismailov va Gulnora Ismoilovalar oilasi «ENG IBRATLI INNOVASION, ZAMONAVIY OILA» — 1 o’rin g’oliblariga aylandilar. G’oliblarga “Oila” markazi va hamkor tashkilotlar tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori, senator D. Toshmuhamedova ko’rik-tanlov g’olib va sovrindorlarini qutlar ekan, jumladan shunday dedi: “Men ishonamanki, siz, muhtaram ibratli oilalarning sohib va sohibalari, mamlakatimizda oilalar mustahkamligi va barqarorligini ta’minlash, zamonaviy namunali oilani rivojlantirishda bizning eng yaqin ko’makchimiz, maslahatgo’yimiz va yaqin hamkorimiz bo’lib qolasizlar”.
IBRATLI VA BAXTIYOR OILALAR SAFI KENGAYAVERSIN!