YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Angren xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlarining An’anaviy avgust kengashi o’tkazildi.

Angren xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlarining An’anaviy avgust kengashi o’tkazildi.

   2019 yil 23 avgust kuni  Toshkent viloyati Angren xizmat ko’rsatish  kasb-hunar kollejida Toshkent viloyati  kasb-hunar ta’limi muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlarining An’anaviy avgust kengashi  o’tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi “Oliy va o’rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni islox qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5763-son farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi “ Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4391-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash va 2018/2019 o’quv yilida ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy  ishlar taxlil qilindi, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
O’quvchilar tomonidan innovasion g’oyalar asosida tayyorlangan ijodiy ishlar ko’rgazmasi namoyish etildi.
2018/2019 o’quv yilida samarali mehnat qilgan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasining faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Xokimlik,  huquq tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari, OAV lari vakillari hamda  Toshkent viloyatidagi kasb-hunar ta’limi muassasalarining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari  ishtirok etdilar.