YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlantirish hududiy boshqarmasi jamoasi ham xayriya aksiyasiga qo‘shildi

Toshkent viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlantirish hududiy boshqarmasi jamoasi ham xayriya aksiyasiga qo‘shildi

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, insonlar hayotini saqlab qolish, uning iqtisodiyotga salbiy ta’sirini yumshatish yo‘lida Hukumat tomonidan  qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

E’tiborlisi, necha ming yillardan buyon qiyin kunlarda yelkama yelka turib, bir-birini qo‘llab-quvvatlagan xalqimiz bugun yana bir sinov oldida jipslashmoqda.

Toshkent viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlantirish hududiy boshqarmasi jamoasi ham koronavirusga qarshi davlat va jamoat tashkilotlarini ezgu maqsad yo‘lida birlashtirgan xayriya aksiyasiga  qo‘shildi.

Boshqarmaning xodimlari ixtiyoriy ravishda o‘zlarining bir kunlik ish haqlarini “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga beg‘araz yordam tariqasida o‘tkazib berdilar.