YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati O’MKHTB tasarrufidagi muassasalarida «Yakuniy Davlat attestatsiyasi» jarayoni boshlandi.

Toshkent viloyati O’MKHTB tasarrufidagi muassasalarida «Yakuniy Davlat attestatsiyasi» jarayoni boshlandi.

       Joriy yilning 11 iyunidan Toshkent viloyatdagi barcha kasb-hunar kollejlarida 2017-2018 o’quv yili 3-kurs bitiruvchilari uchun Yakuniy Davlat attestasiya jarayoni boshlandi.
Bitiruvchilar bilan Yakuniy Davlat attestasiyasini o’tkazish hamda materiallarni rasmiylashtirishda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 6 mayda ro’yhatdan o’tkazilgan O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestasiyasini o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomga qat’iy amal qilishlari bo’yicha kasb-hunar kollejlarining rahbarlari ogohlantirildi.
Kasb-hunar kollejlari tomonidan 3-kurs bitiruvchilarning yakuniy davlat attestasiyasiga kiritish grafiklari ishlab chiqildi, imtihonlar jadvali va kasblar bo’yicha imtihonlar senariysi hamda diplom topshirish marosimi senariylari tayyorlandi.
Kasb hunar kollejlarida yakuniy davlat attestasiyalarini o’tkazish bo’yicha buyruq ishlab chiqilgan, mavzular va savollar namunalari tasdiqlangan.
Xar bir kasb-hunar kollejining diplomni tarqatishga mas’ul bo’lgan xodimlariga joriy yilning 15 iyuniga qadar bitiruvchilar uchun davlat namunasidagi diplom blanklarini boshqarmadan olib ketish vazifalari yuklatilgan.

«Tarix» fani imtihon jarayonlari

«Kasbim kelajagimning ishonchli poydevori» shiori ostida kasbiy-amaliy imtihonlardan fotolavhalar