YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimining chet tili o’qituvchilari maktab o’qituvchilariga ustozlik qildi.

Toshkent viloyati o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimining chet tili o’qituvchilari maktab o’qituvchilariga ustozlik qildi.

        O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2018 yil 16 fevraldagi “Chet tili o’qituvchilari uchun seminar o’tkazish to’g’risida”gi ФР-02 sonli buyrug’i hamda Toshkent viloyati o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 2018 yil 16 fevraldagi 66-sonli buyrug’i  asosida Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi  15-maktabda  19-24 fevral kunlari xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan 27 nafar ingliz tili fani o’qituvchilariga seminar-trening o’tkazildi.
Seminar-treningni UzTEA ijrochi direktori Mahmudova Jamila va Toshkent viloyati o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bosh uslubchi-maslaxatchisi Gafrova Linora tashkil etdilar. Seminar-treningni trenerlarlar sifatida Chirchiq akademik litseyi ingliz tili fani o’qituvchilari  Mirzadiyorova Kamola  va Irismetova Muattar o’tkazdilar.
Seminar-treningni o’tkazish uchun Olmaliq shahridagi 15-maktab rahbariyati tomonidan qulay shart-sharoitlar yaratib berildi. Seminar-trening koordinator, moderator va trenerlar  tomonidan mahorat bilan tashkil etildi va tinglovchilar orasida do’stona muhit yaratilgan holatda olib borildi. Xolis baho berish maqsadida ishtirokchilarning ishlari ularga berilgan ID-raqamlari asosida baholab borildi.Tinglovchilarning ishtiroki, taqdimotlardagi faolligi doimiy ravishda nazorat qilib borildi.
Mashg’ulotlar yuqori sa’viyada, ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan holda tashkil etildi. Shuningdek seminar-trening davomida tinglovchilarning fikr-mulohazalari tinglandi, bir-birlari bilan  tajriba almashish imkoniyatlari yaratildi.Tashkil etilgan seminar-trening samaradorligiga erishildi.

“Chet tili o’qituvchilarining xalqaro darajada doimiy mahoratlarini oshirib boorish”mexanizmi asosida

2018 yil 19-24 fevral kunlari  Olmaliq shahridagi 15-makatabda o’tkazilgan seminar-treningdan lavhalar