YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyatida 2025-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami tantanalari koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi

Toshkent viloyatida 2025-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami tantanalari koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi

Toshkent viloyatida 20-mart kuni 2025-yilgi “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayli shaklida tashkil etilgan Navro‘z umumxalq bayram tantanalari koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev so‘zga chiqib, barchani bayram bilan tabrikladi. Hududda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari, aholi farovonligi yo‘lidagi sa’y-harakatlarni e’tirof etdi.

Tadbirda viloyat sektorlari rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari, nuroniylar, aholi vakillari mehmon bo‘ldilar.

Bayram tantanalari davomida viloyat teatri  jamoasi tomonidan Navro‘zga bag‘ishlangan kompozitsiya va teatrlashtirilgan tomosha namoyish etildi.

Bayram doirasida katta sayl, maydon tomoshalari oʻtkazildi. Shuningdek, milliy taomlar festivali, pavilonlar o‘rtasida turli qiziqarli bellashuvlar tashkil qilindi.