Joriy yilning 8-oktabr kuni Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sh.Rajabbayev Toshkent viloyatining innovatsion hududiga aylanayotgan Ohangaron tumanida amalga oshirilgan innovatsion loyihalarni oʻrgandi.
O’rganish davomida tumandagi “AZIYA FAVORIT PLYUS” MChJ rahbari J.Zakirov tomonidan amalga oshirilayotgan “Yuqori kuchga ega bo‘lgan stasionar akkumulyator ishlab chiqarish” startap loyihasi bilan tanishdi.
Ushbu loyiha Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilib, hozirgi kunda 6 ta rusumdagi akkumulyatorlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Loyihani bajarilishi natijasida 10 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
O’rganish yakunida Agentlik rahbari tomonidan tadbirkorga loyihani kengaytirish va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berdi.