YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi «TIKA» mutaxassislari tomonidan mahorat darslari

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi «TIKA» mutaxassislari tomonidan mahorat darslari

           O’zbekistan Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi bilan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) o’rtasida hamkorlik doirasida joriy yilda kasb-hunar ta’limining turli yo’nalishlarida loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan. 2018 yil 19 fevraldan  20 martgacha TIKA tomonidan ishlab chiqilgan o’quv moduli asosida turkiyalik mutaxassislar tomonidan mahorat darslari olib borilmoqda. Informatsion texnologiyalar bo’yicha 3D grafikasini o’rgatish bo’yicha seminarda Toshkent viloyati o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimidan 2 nafar o’qituvchi ishtirok etmoqda. Qibray moliya-iqtisodiyot kollejidan — Abduraimov Jur’atbek va Chirchiq texnika kasb-hunar kollejidan  — Kobulov Xasan informatika fani o’qituvchilari qatnashishmoqda.