YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “TURON” axborot-kutubxona markazida seminar-trening va ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

“TURON” axborot-kutubxona markazida seminar-trening va ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

       Joriy yilning 23 apreldan 27 apreliga qadar “TURON” axborot-kutubxona markazida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va kitobxonlik madaniyatini oshirish, hamda targ’ibot qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida seminar-trening va ijodiy uchrashuv tashkil qilindi. Unda Toshkent viloyati O’MKHTB tasarrufidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ARM rahbarlari va yetakchi mutaxasislari ishtirok etdi. Seminar trening “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yilida axborot – resurs markazlarining vazifalari” mavzusida bo’lib o’tdi.