YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Universiada-2025” “Workout” sport turining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi

“Universiada-2025” “Workout” sport turining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti mezbonlik qilgan “Universiada-2025” sport musobaqalaridan joy olgan “Workout” sport turining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan kelgan sportchi yoshlar o‘zaro bellashdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

2-o‘rin — Namangan viloyati;

3-o‘rin — Toshkent viloyati.

Qizlar o‘rtasida:

1-o‘rin — Toshkent viloyati;

2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

3-o‘rin — Namangan viloyati.

G‘olib jamoalar qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.