YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Ustoz mehnati — buyuk sharaf

Ustoz mehnati — buyuk sharaf

2024-yil 12-oktabr kuni Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida professor o‘qituvchilari mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil  etilgan «Ustoz  mehnati — buyuk  sharaf» deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova ishtirok etib, filial jamoasini erishgan yutuqlari bilan tabrikladi hamda ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

Oliy ta’lim tizimida ko‘p yillar davomida mehnat qilib kelayotgan, o‘zining ilmiy salohiyati bilan tizim rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar munosib rag‘batlantirildilar. O.Abdiyev “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni, Yu.Isomatov “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni, U.Abduvaliyev “Faol faxriy” ko‘krak nishoni,  O.Abudurasulov “Yurt iftixori” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

Bir guruh professor-o‘qituvchilarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining  tashakkurnomalari topshirildi.