YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Uzum sayli”

“Uzum sayli”

 Toshkent viloyatining Parkent tumani Zarkent qishlog`ida joriy yil 23-25-avgust kunlari “Uzum sayli” xalqaro vinochilik festivali  oʻtkazildi.

Sara uzum va vinochilik sanoati mahsulotlari ko’rgazmalari, folklor jamoalari va estrada yulduzlarining chiqishlari hamda milliy urf-odatlar va anʼanalarini aks ettiruvchi madaniy dasturlar, vinolar degustatsiyasi va auksionlar oʻtkazildi.

Festival dasturidan qishloq xo‘jaligi yarmarkalari, vino sanoatining xalqaro brend kompaniyalari ko‘rgazmalari, uzumchilik yo‘nalishidagi xalqaro konferensiya va anjumanlar o‘rin olgan.

Festivali doirasida Toshkent viloyati hokimligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamkorligida “Oʻzbekistonda uzumchilik: innovatsion yondashuv va agrotexnologiylarni qoʻllashning zamonaviy usullari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Festival doirasida ichki turizm yarmarkasi oʻtkazildi. Festivalda ishtirokchilar bir qator nominatsiyalar bo`yicha taqdirlandi.