2024-yil 24-avgust kuni “Uzum sayli” xalqaro vinochilik festivali doirasida Toshkent viloyati hokimligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamkorligida “Oʻzbekistonda uzumchilik: innovatsion yondashuv va agrotexnologiylarni qoʻllashning zamonaviy usullari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ikkinchi qismi boʻlib oʻtdi.
Konferensiyada quyidagi ilmiy-tadqiqotchi olimlar: Oʻzbekistondan Shuhrat Otajonov, Ispaniya davlatidan Simon Fabri hamda Turkiya Respublikasidan Ozgur Chagatay oʻzlarining maʼruzalari bilan ishtirok etdi. Ularga tarjimonlikni viloyatdagi oliy va professional taʼlim muassasalaridagi xorijiy til mutaxassislar tarjimonlik qildi.