Viloyatdagi kasbiy ta’lim tashkilotlarining vakant direktor o‘rinbosari lavozimlari uchun ochiq tanlov
Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi viloyatdagi 10 ta kasbiy ta’lim tashkilotlarining vakant direktor o‘rinbosari lavozimlari uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
Talabgorlar tomonidan arizalarni yuborish vacancy.edu.uz (https://vacancy.edu.uz/vacancies/630) sayti orqali amalga oshiriladi.
Hujjatlar 2025-yil 4-mart kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.