“Worldskills Korea” Xalqaro Ekspertlari tomonidan oʻqituvchilar uchun Master-Klass oʻtkazildi
“Worldskills Uzbekiston” ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi tomonidan Samarqand va Buxoro viloyatlarida joriy yilning 12–15-noyabr kunlari “Worldskills Korea” Xalqaro Ekspertlari tomonidan 6 ta kasb oʻqituvchilari uchun Master-Klass oʻtkazildi:
1.Bakery(Novvoychilik);
2.Plastering and drywall system(Quruq qurilish va suvoq ishlari);
3.CNC Turning (Raqamli toker);
4.CNC Milling (Raqamli frezer);
5.Mechanical engineering CAD (Raqamli muxandislik);
6.Jewellery (Zargarlik)
Mazkur Master-Klasslarda nazariy va amaliy mashgʻulotlar, Worldskills standartlari asosida oʻquvchilarni kasbga tayyorlash sirlari oʻrgatildi.
Samarqand KOICAda Mechanical engineering CAD kasbi bo’yicha Master- Klassda Oqqo’rg’on tuman 2-son kasb-hunar maktabining ta’lim ustasi Jahongir Mirrayimov faol ishtirok etdi.