“WORLDSKILLS SAMARKAND-2025”
V MILLIY ISHCHI KASBLAR CHEMPIONATI OCHILISH MAROSIMI
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Worldskills Uzbekistan” ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assosiatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan musobaqaning ochilish marosimi oʻtkazildi.
Tadbirda Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazir oʻrinbosari Sh.Daliyev hamda Samarqand viloyati hokimi A.Boboyev va boshqalar soʻzga chiqib ishtirokchilarga omad tiladilar.
Dastur soʻngida qatnashchilarga madaniy hordiq sifatida konsert namoyish etildi.