Joriy yil 21 yanvar Angren axborot texnologiyalari va sanoat kasb-hunar kollejida o’tkazilgan “Xom ashyo va materiallardan o’quv amaliy mashg’ulotlarini o’tkazishda samarali foydalanish va hisobdan chiqarish ishlarini tashkil etish” mavzusidagi o’quv amaliy seminar bo’lib o’tdi.
A.Zokirov — “Xomashyo va materiallardan o’quv amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishda samarali foydalanish va hisobdan chiqarish ishlarini tashkil etish” tartib qoidalari bo’yicha ma’lumot berib o’tdi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida tayyorlanayotgan kichik mutaxassislarni mehnat bozori talablariga mos ravishda tayyorlash maqsadida o’quv-tarbiya jarayonining sifat-samaradorligini oshirishda va o’quvchilarning kasbiy ko’nikmalarini shakllantirishda o’quv amaliyoti muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.