Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i N.Kulbekova Oqqo’rg’on tuman 2-son kasb-hunar maktabini 2024/2025-o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlari bilan tanishdi.
Ta`lim muassasasida bugungi kunda obodonlashtirish ishlari, o`quv xonalari va ustaxonalarida ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.
Boshqarma boshlig’i tashrif davomida mutasaddi rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berdi.
Oqqo’rg’on tuman 2-son kasb-hunar maktabi 2007-yil foydalanishga topshirilgan bo’lib, 585 nafar o’quvchilar uchun mo’ljallangan. Ta`lim muassasani 2023/2024-o’quv yilida 145 nafar o’quvchilar tamomladilar.