Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ko`rish dolzarb masala
2024/2025-oʻquv yilining boshlanishiga sanoqli kunlar qolmoqda. Professional ta’lim muassasalarida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ko`rish dolzarb masala.
Toshkent viloyati Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar boshqamasi tomonidan 2024-yil 21-avgust kuni Olmaliq shahar kasb-hunar maktabida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha seminar oʻtkazildi.
Seminarni Toshkent viloyati Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig`i N.Kulbekova olib bordi. Tadbirda viloyat professional ta’lim muassasalarini barcha direktorlari ishtirok etdi.
Boshqarma boshlig`i N.Kulbekova ta’lim muassasalarini faoliyatini o`rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarda to`xtaldi va yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha asosiy vazifalarni belgiladi. Bugungi kunda professional ta’lim muassasalarida mavjud muammolar va ularni echimi muhokama qilindi.