YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Yangi yil tadbiri tashkil etildi

Yangi yil tadbiri tashkil etildi

Angren pedagogika kollejida joriy yilning 21-dekabr kuni Yangi yil tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda 04-24 dual ta’lim guruh  o’quvchi yoshlari o’zlarining iqtidorlarini namoyish etdi. Ertak qaxramonlari obrazlarida Qorbobo, Qorqiz va Yalmog’iz kampir rollari maromiga yetkazib o’ynashdi.

Tadbir davomida qiziqarli bellashuvlar, raqs hamda qo’shiqlar ijro etildi.

Tadbir so’ngida faol ishtirok etgan o’quvchilarga Qorbobo sovg’alar ulashdi, tadbir ko’tarinki ruhda o’tdi.