O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 22-oktabrdagi 01/20-3086-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 25-oktabr kuni Bekobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish Marafoniga start berilishi tadbiri o’tkazildi.
Texnikum hududining tadbir o‘tkaziladigan maydoniga texnikum o’qituvchilari, o’quvchilari, xodimlari va jamoatchilik vakillarini jalb etilib, onlayn shaklda kuzatib borish uchun katta ekran o‘rnatildi.
Tadbirda texnikum KTBDO’ N.R.Nasirova va YoIBDO’ A.P.Usmonovlar so’zga chiqib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi haqida ma’lumot berishdi va loyihada faol ishtirok etishga chaqirishdi.
Daraxt ekish jarayonlari keng ko‘lamda amalga oshirildi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatida davom etdi.