YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / «Yashil makon» dasturi doirasida ko‘chat ekish tadbirlari umummilliy harakatga aylandi

«Yashil makon» dasturi doirasida ko‘chat ekish tadbirlari umummilliy harakatga aylandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev taklifi va tashabbusi bilan mamlakatimizda 2025 yil «Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot» yili deb e’lon qilindi.

«Yashil makon» dasturi doirasida ko‘chat ekish tadbirlari esa umummilliy harakatga aylandi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 25-fevral kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Yuqori Chirchiq tuman politexnikumida manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarida politexnikum direktori G‘.Abdullaev boshchiligida o‘qituvchi va hodimlar jonbozlik ko‘rsatib, politexnikum hududiga 500 tup terak va 20 archa  ko‘chatlari ekildi.