Toshkent viloyatida yoshlarda vatanparvarlik, fidoyilik va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining viloyat yarim final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bosqichda umumiy 11 ta kasbiy ta’lim tashkiloti jamoalari o‘zaro bellashdi. Ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratlarini amaliy mashqlar, tezkorlik, jamoaviylik va zudlik bilan qaror qabul qilish kabi yo‘nalishlarda namoyish etdilar.
Musobaqa yakunida quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin – Bo‘stonliq tuman 1-son politexnikumi jamoasi
2-o‘rin – Parkent tuman politexnikumi jamoasi
3-o‘rin – Toshkent tuman 1-son politexnikumi jamoasi
Bellashuv jarayonlari yuqori kayfiyat, jamoaviy ruh va sog‘lom raqobat muhitida o‘tdi. Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz va g‘olib jamoalarga kelgusi bosqichlarda muvaffaqiyat tilaymiz!