Bo’ka tumani Maishiy xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida “Qizlarjon”lar klubi tomonidan “Zamonamiz Zulfiyalari” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Zulfiyaxonim tavallud topgan kunning 103 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda O’zbekiston Respublikasi Manaviyat va marifat markazi mas’ul xodimi M.Abduxakimova, Jahon tillari universiteti o’qituvchisi M.Yo’ldosheva, Bo’ka tumani Xotin-qizlar qo’mitasining raisi, hokim o’rinbosari M.Abdulazizova, Toshkent viloyati o’rta maxsus kasb-hunar talimi boshqarmasining bosh uslubchi maslaxatchisi S.Xamraqulova, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining manaviy-marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari hamda OAV lari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir jarayonida qizlar o’z mutaxassisliklaridan kelib chiqib, tikuvchilik, sartaroshlik, rassomlik bo’yicha ish jarayonini jonli ravishda (master klass) namoyish qildilar.
“Qizlarjon”lar klubi a’zolari Zulfiya sherlarini ingliz, qozoq, koreys, rus va tojik tillarida ifodali o’qidilar.
O’zbekiston Respublikasi Manaviyat va marifat markazi tomonidan tadbirda faol ishtirok etganlar fahriy yorliqlar va badiiy kitoblar bilan taqdirlandilar.
Chirchiq sanoat kasb-hunar kollejidagi «Zulfiyxonim» tadbiridan fotolavhalar
Chirchiq sanoat va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejidagi «Zulfiyxonim» tadbiridan fotolavhalar