YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Zangiota tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi

Zangiota tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi

Bugun, 15-fevral kuni, Zangiota tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova rahbarligida viloyatdagi kasbiy taʼlim muassasalari direktorlari va  direktor o`rinbosarlari ishtirokida navbatdagi viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda boshqarma boshlig‘i va kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari texnikumdagi o‘quv va amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanishib, mavjud shart-sharoitlarni o‘rgandi hamda ularning samaradorligini tahlil etildi.

Seminar yakunida boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova tomonidan yigʻilish o`tkazildi.

Yigʻilish tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tib, unda o‘quvchilar davomati, jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar salohiyatini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi. Bu borada kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan mas’ullar qat’iy ogohlantirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi «2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida boshqarma boshlig‘i ta’lim sifatini oshirish, muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kadrlar malakasini oshirish hamda yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlab, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni belgilab berdi.